O'zbekcha
AKSU restoranida zamonaviy va mumtoz o‘zbek taomlari taniqli mohir shef Bahriddin Chustiyning qo‘l ostida yangicha va yengil tarzda tayyorlanadi. Uning turli mahalliy ingrediyentlar va kulinariyadagi yangi tendensiyalarni uyg‘unlashtirish iqtidori sababli taomlar gastronomik san’at asarlariga aylanadi.
Restoranning brend-shefi, Le Cordon Bleu fransuz akademiyasining eng yaxshi bitiruvchisi Bahrom Boboxonov esa oliy toifali Yevropa oshxonasidan bahramand bo‘lishingiz uchun imkon yaratadi.
Foydalaniladigan go'shtning eng yuqori sifati, faqat eng yaxshi va sifatli masalliqlar Aksu restorani uchun ustuvor ahamiyatga ega.
Filiallarimizdan har birida maxsus o‘qitilgan xodimlari bor katta bolalar maydonchasi mavjud. Bolalar uchun ularning didi va xohishlaridan kelib chiqqan holda maxsus menyu ishlab chiqilgan. Turli o‘lchamdagi alohida xonalar esa oilaviy ziyofatlarni yaqin insonlar davrasida, shinam muhitda o‘tkazishingizga imkon beradi.
AKSU restoranining jamoasi bir butundir.
Har bir inson o'z hayot yo'lini belgilaydigan kasbga ega. Bizning jamoamizda har kimning bitta vazifasi bor – mehmon uchun o'z ishining natijasini yuqori san'at bilan bajarish. Shuning uchun mamnun mehmon bizning birgalikdagi ishimizning natijasidir. Va o'zaro yordam printsipi bizning korxonamizning asosiy tamoyillaridan biridir, chunki bir-birimizga yordam berish orqali biz bitta umumiy maqsadga erishamiz.
Mehmon bizga qayta-qayta qaytib kelishni xohlashi uchun biz hamma narsani qilamiz.